Taxi
Shahar ichida va shaharlararo. Tariflar va narx buyurtmadan oldin koʻrinadi; manzil aytilmagan safarlarda taksometr ishlaydi.
Taxi chaqiring, joʻnatma yuboring, yuk tashing yoki maxsus texnika buyuring. Narxni buyurtmadan oldin koʻrasiz, ijrochini xaritada kuzatasiz.
Toshkent va viloyatlar. Kirish uchun faqat telefon raqami kerak.
Har bir ish uchun alohida ilova yuklab olish shart emas. Buyurtmalar tarixi, manzillar va toʻlov bir joyda turadi.
Shahar ichida va shaharlararo. Tariflar va narx buyurtmadan oldin koʻrinadi; manzil aytilmagan safarlarda taksometr ishlaydi.
Hujjat yoki paketni kuryer yetkazadi. Qabul qiluvchining raqamini yozsangiz, u ham yoʻlni kuzatib turadi va kuryer bilan bogʻlana oladi.
Oʻzbekiston va Markaziy Osiyo boʻylab yuk tashish. Yukni eʼlon qilasiz, haydovchilar narx taklif qiladi — siz eng maʼqulini tanlaysiz.
Evakuator, avtokran, avtovishka, manipulyator. Rasm va izoh biriktirasiz — ishni oladigan ijrochi oʻz narxini aytadi.
Yaqin atrofdagi oshxona va kafelardan buyurtma. Yetkazib berish shu ilovadagi kuryerlar orqali.
Barcha xizmatlar uchun toʻlov bir joyda. Hamyonni toʻldirish va undan pul yechish komissiyasiz.
Quyidagilar — ilovaning haqiqiy ekranlari, bezatilmagan.
Manzilni xaritadan belgilaysiz, tariflarni yonma-yon koʻrasiz va shundan keyin chaqirasiz. Safar oxirida kutilmagan summa chiqmaydi.
Evakuator kerakmi yoki avtokran — turini tanlab, rasm biriktirasiz. Ijrochilar taklifini kutib oʻtirmaysiz: eng yaqini oʻzi javob beradi.
Oddiy HUB — ijrochilar uchun alohida ilova. Buyurtmani qabul qilasiz, ishni bajarasiz, pulni toʻliq olasiz.
SMS orqali kod keladi. Parol oʻylab topish shart emas.
Manzilni xaritadan belgilaysiz yoki yozasiz, kerak boʻlsa izoh va rasm qoʻshasiz.
Eng yaqin haydovchi yoki texnika egasi buyurtmani oladi — yoʻlini xaritada kuzatib turasiz.